Jamiyat tarixi

24-avgust 1955-yil Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi (SSRI) Ministrlar Kengashi 1558-son qaroriga muvofiq, 1-yanvar 1956-yil “Uzgidrovodxoz” instituti elektrifikasiyalash bo`limi asosida, SSRI shahar va qishloq qurilish ministrligi tarkibidagi “gidroselelektro” institute o`zbek filiali tashkil etildi.
31.01.1964-yil,SSRI Ministrlar Kengashining 178-r sonli qaroriga asosan,institut Umumittifoq ilmiy -tadqiqot va loyihalash “Selelektro” instituti tasarrufiga o`tkazildi.SSRI energetika ministrligi buyrug`iga asosaninstitut tarkibida kompleks loyixalash bo`limlari shaklida institute filiallari tashkil etildi(OKP):

  • -Turkmaniston OKP (Ashxabod sh.);
  • -Qirg`iziston OKP (Frunze sh.):
  • -Tojikiston OKP (Dushanbe sh.).

Ushbu seminar asosida, 1989-1991 yillar davomida Turkmaniston, Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalarda o`z institutlari tashkil etildi.

1996 y. 17-sentyabrdan,SSRI energetika va elektrofikasiya ministrligi 25.09.1996 yil 11-1 a son buyrug`iga asosan,institute butunittifoq Davlat loyiha-izlanish va ilmiy tadqiqot “Selenergoproekt” institute O`rtaosiyo bo`linmasi etib qayta nomlandi.
Toshkent shahar Xamza tumani xalq deputatlari ijroqo'mi 03.10.1991 yil 532/24-14 sonli qaroriga asosan, ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktiv-texnologik “Selenergoproekt” institute O`rtaosiyo “Sredazselenergoproekt” instituti ijara korxonasi etib qayta nomlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Maxkamasining 13.10.1992 yil 471-sonli qaroriga asosan,avval SSRI energetika ministrligi tasarrufida bo`lgan “Sredazselenergoproekt” institute O`zbekiston Respublika Energetika Vazirligi tasarrufiga kiritildi.
Toshkent shahar,xamza tumani xokimligi 28.09.1998 yil 1117-son qaroriga asosan “Uzselenergoproekt” loyiha-qidiruv instituti Ijara korxonasi etib qayta nomlandi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi 13.06.2002 yil 153-k sonli buyrug`iga asosan, 2002 yil 12-sentyabrdan boshlab, loyiha-qidiruv instituti “QISHLOQENERGOLOYIHA” ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAO “Selenergoproekt”) 16.07.2014 yildan boshlab esa,O`zbekiston Respublikasi 06.05.2014 yil aksionerlik jamiyatlar va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g`risidagi 370-sonli qonunning yangi tahrirdagi talablariga muvofiq “QISHLOQENERGOLOYIHA” OAJ “QISHLOQENERGOLOYIHA” AJ etib qayta nomlandi.

 

Agar hatolik topsangiz Ctrl+Enter ni bosing