E'lonlar

«QISHLOQENERGOLOYIHA» AJ

«QISHLOQENERGOLOYIHA» aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi elektr ta'minoti ob'ektlarini loyihalash, qishloq va shaxarlardagi barcha iste'molchilarni elektrifikatciyalash loyihalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan tashkilot.

Bizning aksiyadorlik jamiyatimiz o'z faoliyati davomida texnikaviy siyosatni o'tkazishda 0,4-6-10-35-110kV kuchlanishli elektr ta'minot tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasini joriy etishda ma'sul tashkilot bo'lib, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirib kelmoqda:

-  viloyat, tuman va shaxarlar hududlarida mavjud 6-10-35-110kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish, hamda qishloq joylardagi 0,4-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish va modernizasiyalash sxemalarini tayyorlash;

-  tuman shaxar va qishloq joylarida mavjud sanoat korhonalari kichik va o'rta biznes uchun qurilishi rejalashtirilgan elektr tarmoqlarini texnik va iqtisodiy jixatdan asoslab berishva ishchi loyixalarini bajarish;

-  0,4-220 kV kuchlanishdagi elektr tarmoq ob'yektlari uchun, hamda qurilish va foydalanishga rejalashtirilgan elektr tarmoq bazalari va boshqa elektr tarmoq ob'yektlari uchun to'la to'kis kompleks muxandislik-izlanish ishlarini bajarish;

-  o'ta muxim, I toifali iste'molchilarga zaxiraviy dizel elektrostansiyalar loyihalarini bajarish;

-  0,4-220 kV kuchlanishli HL va 35-220 kV NSlarni loyihalash;

- loyihalashtirilgan ob'yektlarni qurish jarayonida mualliflik nazoratini olib borish.

 «QISHLOQENERGOLOYIHA» AJ ustav fondi va aksiyadorlari

 

«QISHLOQENERGOLOYIHA» AJ ustav fondi 13 167 161,0 ming so'mni tashkil etadi.

«QISHLOQENERGOLOYIHA» AJ aksiyadorlari quyidagi yuridik shaxslardan iborat,  O'zbekenergo AJ , Davlat aktivlarini boshqarish markazi,«Elektrqishloqqurilish»AJ,  «Qishloqenergoloyiha» AJ mehnat jamoasi va jismoniy shaxslar.

 

Agar hatolik topsangiz Ctrl+Enter ni bosing